«Real» darvozaboni Keylor Navas Çempionlar ligasining 2017/18 yilgi mavsumining eng yaxşi darvozaboni sifatida tan olindi. U YeÇLning yangi mavsumi uçun qur'a taşlaş marosimi vaqtida mukofot bilan taqdirlandi.

Mavsumning eng yaxşi darvozaboni böliş uçun «Liverpul» darvozaboni, ötgan mavsumda «Roma» darvozasini qöriqlagan Alison Beker hamda «PSJ» darvozaboni, ötgan mavsumda «Yuventus» safida YeÇL öyinlarida qatnaşgan Janluiji Buffon ham da'vogar edi.

Navas «Real» bilan Çempionlar ligasida ğolib çiqqandi. Kosta-Rikalik darvozabon turnir doirasida 11 öyinda maydonga tuşib, 13 gol ötkazgan va 29 marta seyv amalga oşirib, jamoani muqarrar gollardan saqlagan.

Navas «Real»ga 2014 yili «Levante»dan ötgandi. U madridliklar klubi bilan qatorasiga 3 marta Çempionlar ligasida ğolib çiqdi, bir marta Ispaniya çempioni, Ispaniya Superkubogi va UYeFA Superkubogi ğolibi böldi.

Qur'a taşlaş marosimi davomida YeÇLning ötgan mavsumidagi eng yaxşi himoyaçi nomi ham e'lon qilindi.

Bu mukofotga «Real»ning 3 a'zosi - jamoa sardori Serxio Ramos hamda Marselo va Rafael Varan da'vogar edi. Uçlikdan Serxio Ramos eng kuçliroği deb topildi.

Ramos Madrid jamoasi bilan YeÇLning ötgan mavsumida 11 öyinda maydonga tuşgandi.

Ramos «Real»ga 2005 yili «Levante»dan ötgandi. Ötgan vaqt mobaynida u madridliklar bilan 4 marta YeÇLda ğolib böldi, şunça marta Ispaniya çempioniga aylandi, ikki marta mamlakat Kubogini, 3 martadan Ispaniya Superkubogi va UYeFA Suprekubogini qölga kiritdi.

«Real»ning xorvatiyalik yarimhimoyaçisi Luka Modriç Çempionlar ligasining ötgan mavsumidagi eng yaxşi yarimhimoyaçi sifatida e'tirof etildi.

Uşbu mukofotga Modriçning jamoadoşi Toni Kroos va «Mançester Siti» yarimhimoyaçisi Kevin De Bryuyne ham da'vogarlik qilgandi.

Ötgan mavsumda «Real» bilan çempion bölgan, şu yozda «Yuventus»ga ötgan portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu YeÇLning 2017/18 yilgi mavsumining eng yaxşi futbolçisi deb topildi.

Uşbu mukofotga «Liverpul» hujumçisi Muhammad Saloh va «Barselona» hujumçisi Lionel Messi ham da'vogarlik qilgandi.