Özbekistonning sobiq boş prokurori Raşid Qodirovga qarşi iş doirasida uning «jinoiy şerigi» sifatida Ispaniyada qölga olingan Alişer Hodiyev ayni vaqtda qöyib yuborilgan. Bu ma'lumotni Boş prokuratura matbuot xizmati «Kun.uz»ga tasdiqlagan.

Foto: IIB matbuot xizmati

Şu bilan birgalikda Hodiyevga nisbatan ilgari surilgan ayblovlar olib taşlanmagan - u hamon öziga qarşi ilgari surilgan punktlar böyiça ayblanuvçi hisoblanadi. U Özbekistonda tovlamaçalik, firibgarlik va jinoiy yöllar bilan topilgan pullarni legallaştirişda ayblangan.

Ma'lum bölişiça, u köngilli ravişda Ispaniyadan Özbekistonga qaytib, tergov bilan hamkorlik qilişga, davlatga keltirilgan moddiy zararni qoplaşga rozi bölgan.

Unga qarşi ilgari surilgan ayblovlar Özbekiston sobiq boş prokurori Raşidjon Qodirovga qarşi oçilgan jinoyat işining bir qismi sifatida hisoblangan.

Alişer Hodiyev Özbekiston sobiq boş prokurorining öğli Alişerbek Qodirov bilan yaqin döst bölgan va «iqtisodiy jinoiy işlar»ni «til biriktirgan holda» amalga oşirgan. Ayni vaqtda Alişerbek Qodirov qidiruvda bölib turibdi.

Eslatib ötamiz, 24 fevral kuni Özbekiston Respublikasining sobiq Boş prokurori Raşidjon Qodirov Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida uşlangani haqida xabar berilgan edi. Qodirovga nisbatan «Tovlamaçilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş», «Pora oliş» moddalari böyiça jinoyat işi oçilgan. U Boş prokuraturani 15 yil davomida boşqargan va 2015 yil aprel oyida işdan böşatilgan.

Boş prokuratura rasmiy baënotiga köra, Qodirov işi doirasida jami 24 şaxsga nisbatan ayblov e'lon qilingan va ulardan 21 nafari hibsga olingan.