Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining “Oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda ilmiy-uslubiy va “Ustoz-shogird” (Tyutorlik) ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarini belgilash qoidalari tasdiqlanishi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me'yorlari



Oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda ilmiy-uslubiy va “Ustoz-shogird” (Tyutorlik) ishlarini belgilash qoidalariga ko‘ra, oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilari tarkibi (bundan buyon matnda professor-o‘qituvchilar deb yuritiladi) mehnatini normalashtirish har o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilar va kafedra mudiri tomonidan tuziladigan hamda prorektorlar bilan kelishilgan holda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (fakultet dekani) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejalariga asoslanadi.
Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasi tarkibiga o‘quv yuklamasi hamda ilmiy-uslubiy va “Ustoz-shogird” (Tyutorlik) ishlarining turlari kiritiladi. Ish turlari professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejalarida to‘liq va aniq aks ettirilishi kerak. Joriy o‘quv yili yakunida faqat mazkur o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi.
O‘quv yili davomida bajarilgan qo‘shimcha ish turlari professor-o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin.
Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasi tarkibiga kiritiladigan o‘quv yuklamasi hamda ilmiy-uslubiy va “Ustoz-shogird” (Tyutorlik) ishlari:
to‘liq shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar uchun professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida;
















