Bugun Indoneziyada Osiyo öyinlarining boks böyiça musobaqalarida yarim final bahslari bölib ötmoqda.

Dastlab -52 kg vazn toifasidagi sportçilar ringga çiqişdi. Özbekistonlik Jasurbek Latipov qirğizistonlik kuçli raqib Azat Usenaliyev bilan jang qildi.

3 raund yakunlariga köra, hakamlar Jasurbek Latipovni ğolib deb topişdi - 4:1 (10:27, 28:29, 29:28, 29:28, 30:27).

Endi u finalda yarim finalda tailandlik Tongdeye Yuttapongni mağlub etgan filippinlik Ladon Rogenga qarşi oltin medal uçun ringga çiqadi.

Jasur Latipov yarim finalga qadar xitoylik Hu Jiangguani 3:2 hisobida, indoneziyalik Suguro Aldomsni 4:1 hisobida mağlub etgandi. 

Usenaliyev iştirokini saralaşan boşlab, ilk raqibi, laoslik Akkasit Viyengayni 5:0 hisobida yenggan, nimçorakda Pokiston vakili Asif Said Muhammadni 5:0, çorak finalda esa şimoliy koreyalik O Tay Bomni 5:0 hisobida mağlubiyatga uçratgandi.