Özbekiston boks jamoasi yetakçisi, Rio Olimpiadasi çempioni, Osiyo çempioni va Osiyo öyinlari kumuş medali sovrindori Hasanboy Dösmatov final jangidan keyin «Kun.uz» muxbiriga intervyu berdi.
U finaldagi raqibi va kelajak rejalari haqidagi fikrlarni bildirib ötgan.
«Özbekiston xalqini mustaqillik bayramining 27 yilligi bilan tabriklayman.
Turnirda barçamiz bor kuçimiz bilan harakat qildik. Bugun olgan kumuş medalimni Tokio Olimpiadasida oltin medalga aylantirişga va'da beraman.
Amit bilan avval ikki marta jang qilganman, 2017 yili Osiyo çempionatida va jahon çempionatida. Ikki safar ham yutgandim. U öz ustida işlagani körinib turibdi.
Men bu musobaqaga kelişdan oldin 56 kg vazn toifasini 49 kg vaznga tuşirdim. Bu ança qiyin böldi. Endi 52 kilogrammgaça bölgan vaznda iştirok etmoqçiman. Kelajakda musobaqalarda 10 vazn toifasida emas, 8 vazn toifasida bahslar ötkazilişi mumkin. Bu holda boşqalar ham vaznini özgartiradi», degan Hasanboy Dösmatov.
Ma'lumot uçun, ayni vaqtda Özbekiston jamoasi şarafini -52 kg vazn toifasida Jasurbek Latipov himoya qiladi. U Osiyo öyinlari finalida ğolib çiqib, oltin medalni qölga kiritdi.












