Bugun final. Ringda «eski tanişlar», «noqulay» va «yangi» raqiblar jangi
|16:20 / 01.09.201839 8918 min
Bugun, 1 sentabr kuni Osiyo öyinlarida boks böyiça musobaqalar finali ötkaziladi.
Boks böyiça bahslar 7ta vazn toifasida taşkil etilgan va Özbekistonning turnirga taşrif buyurgan 7 nafar vakili ham finalga çiqqan. Finalda Qozoğiston va Möğulistondan 2, Hindiston, Filippin va KXDRdan bir nafardan vakil böladi.
-49 kg vazn toifasi
Bugungi janglarni Rio Olimpiadasi çempioni Hasanboy Dösmatov boşlab beradi. U eski tanişi, hindistonlik Amitga qarşi ringga çiqadi. Hasanboy bu 22 yoşli boksçi bilan bir neça bor töqnaş kelgan, 2017 yili Hamburgda ötkazilgan jahon çempionatida çorak finaldagi özaro jangdan keyin ham uni özi uçun «noqulay raqib» sifatida atagandi. Bu ikki boksçi 2017 yili Toşkentda ötkazilgan Osiyo çempionatida ham özaro jang qilgan va özbekistonlik sportçi qiyinçilik bilan ğalaba qozongandi.
Amit 2017 yilgi Toşkentdagi çempionatda bronza medal olgan bölsa, 2017 yilgi jahon çempionatida beşinçi örin bilan kifoyalangan. Şu bilan birgalikda u öz faoliyatida davomida bir qança natijalarga erişgan. Xususan, 2017 yili Çexiyadagi xalqaro turnirda va 2018 yili Bolgariyadagi xotira turnirida ğolib bölgan. 2018 yil Avstriyada ötkazilgan Hamdöstlik öyinlarida kumuş medal bilan taqdirlangan.
Hasanboy Dösmatov finalga qadar laoslik Kampuvan Xamsatxoneni (5:0), qirğizistonlik Mirlan Turkbay uluni (5:0) va xitoylik Vu Jonglinni (5:0) yengdi.
Amit esa ilk jangda möğulistonlik Xarku Enkmandaxni taslim etgan (5:0), çorak finalda şimoliy koreyalik Kim Jang Ryong tösiğidan ötgan (5:0), yarim finalda filippinlik kuçli boksçi Karlo Palamni mağlub etgan (3:2).
-52 kg vazn toifasi
Jasurbek Latipovning finaldagi raqibi filippinlik Ladon Rogen. Ayni vaqtda 24 yoşda bölgan Rogen faoliyatini 2009 yilda -49 kg vazn toifasida boşlagan. U 2015 yili Osiyo boks konfederatsiyasi tomonidan yil kaşfiyoti deb topilgan. U 2016 yilgi Rio Olimpiadasi iştirokçisi hisoblanadi. Ladon Rogen 2013 yili Omanda ötkazilgan Osiyo çempionatida beşinçi, 2015 yili Dohada ötkazilgan jahon çempionatida uçinçi örinni olgan, 2015 yili Bangkokda ötkazilgan Osiyo çempionatida kumuş medal, 2017 yili Toşkentda ötkazilgan Osiyo çempionatida bronza medal bilan taqdirlangan. Rogen 2018 yildan -52 kg vazn toifasidagi bahslarda iştirok eta boşladi.
Mavzuga oid
Jasur Latipov finalga qadar xitoylik Hu Jiangguani 3:2 hisobida, indoneziyalik Suguro Aldomsni 4:1 hisobida va qirğizistonlik Azat Usenaliyevni 4:1 hisobida mağlub etdi.
Rogen esa ilk raqibi nepallik Çudxari Premdan 5:0 hisobida ustun kelgan, çorak finalda qozoğistonlik Azat Maxmetovni 3:2 hisobida yenggan, yarim finalda tailandlik Tongdeye Yuttapongni 5:0 hisobida taslim etgan.
-56 kg vazn toifasi
Miraziz Mirzaxalilovning finaldagi raqibi şimoliy koreyalik Jo Xyo Nam böladi. Bu raqib haqida internetda ma'lumotlar mavjud emas.
Mirzaxalilov nimçorak finalda iordaniyalik Alvadi Muhammad tösiğidan ötdi (5:0), çorak finalda esa möğulistonlik Xarku En-Amarga qarşi keçgan öta qiyin bahsda ğalaba qozondi (3:2), final ostonasida indoneziyalik Amoragam Sunan Agungga imkoniyat qoldirmadi (5:0).
Jo Xyo Nam esa nimçorakda turkmanistonlik Yoqub Meredovni (5:0), çorak finalda tailandlik 2015 yilgi Osiyo çempionati ğolibi Butdi Çatçayni (4:0) yengdi, yarim finaldan esa u jangsiz ötdi, uning raqibi, xitoylik Xu Boxiang ringga çiqişdan boş tortdi.
-60 kg vazn toifasi
Şunqor Abdurasulov finalda oltin medal uçun möğulistonlik Erdenebet Tsendbatarga qarşi ringga kötariladi. Tsendbatar Rio Olimpiadasida -56 kg vazn toifasida iştirok etib, beşinçi bölgan. U şuningdek, 2015 yili Palembangda ötkazilgan Indoneziya prezidenti kubogida, 2016 yili Çexiya va Germaniyada ötkazilgan xalqaro turnirlarda ğolib çiqqan.
Abdurasulov Osiyo öyinlaridagi ilk jangida filippinlik Jyeyms Palistedan ustun kelgan (5:0), çorak finalda qirğizistonlik Argen Kadirbek uluni qiyinçilik bilan mağlub etgan (3:2), yarim finalda tailandlik Juntrong Rujakranni taslim etgan (5:0).
Möğulistonlik boksçi esa iştirokini nimçorak finalda boşlab, ilk jangda iroqlik Jabbar Xasan Karbalaini 5:0 hisobida mağlub etgan, çorak finalda turkmanistonlik Xursand Imankuliyevni 5:0 hisobida yenggan, yarim finalda Xitoy vakili Şan Jundan 5:0 hisobida ustun kelgan.
-64 kg vazn toifasi
Iqboljon Xoldorovning ham finaldagi raqibi möğulistonlik boksçi böladi. Ayni vaqtda 26 yoşda bölgan Çinzorig Batarsuk Iqboljon Xoldorovga yaxşi taniş. Ular 2017 yili Toşkentda ötkazilgan Osiyo çempionati finalida özaro ringga çiqişgan, öşa jang özbekistonlik boksçi ğalabasi bilan yakunlangan.
Çinzorig faoliyatini 2005 yilda boşlagan. U Rio Olimpiadasi iştirokçisi hisoblanadi. U 2015 yili Germaniyada va Vengriyada ötkazilgan xalqaro turnirlarda, şuningdek, 2018 yili Tailandda ötkazilgan xalqaro turnirda ğolib bölgan.
Iqboljon Xoldorov nimçorak finalda 2013 yilgi Osiyo öyinlari kumuş medali sohibi, iordaniyalik Obada Alkasbehga imkoniyat qoldirmadi (5:0), çorak finalda janubiy koreyalik Lim Hyunsuk ustidan ğalaba qozondi (4:0), yarim finalda yaponiyalik Daysuki Narimatsudan ustun keldi (5:0).
Çinzorig esa dastlabki jangida şimoliy koreyalik Ri Kon Tayni 5:0 hisobida yengdi, çorak finalda hindistonlik Dirajni taslim etdi (5:0), yarim finalda 2015 yilgi Osiyo çempionati ğolibi Masuk Vuttiçayni yengdi (3:2).
-69 kg vazn toifasi
Bobousmon Baturov finalda Qozoğiston vakili Aslanbek Şimbergenov bilan jang qiladi.
Ayni vaqtda 24 yoşda bölgan Şimbergenov 2016 va 2017 yillarda Osiyoning eng yaxşi boksçisi deb topilgan. U 2018 yili Varşavada va Debretsenda ötkazilgan xalqaro turnirlar ğolibi bölgan.
Bobousmon Baturov turnirdagi iştirokini saralaşdan boşladi va ilk jangda möğulistonlik Otgonbatar Byamba-Erdenni taslim etdi (5:0). U nimçorak final jangini xitoylik Maymaytitu Kiongga qarşi ötkazib, 4:1 hisobidagi ğalabaga erişdi, çorak finalda esa Janubiy Koreya vakili Lim Hyunçulni 5:0 hisobida mağlub etdi. U final ostonasida tailandlik Saylom Adi bilan jang qilib, 5:0 hisobida ğalaba qozondi.
Şimbergenov ham iştirokini saralaş bosqiçidan boşladi. U ilk jangda indoneziyalik Saroxatua Lumbantobingni mağlub etdi (5:0), nimçorak finalda pokistonlik Zayb Gulni taslim etdi (5:0), çorak finalda esa qirğizistonlik Abduraxman Abduraxmanov turnirdan çiqarib yuborildi (5:0). U yarim finalda Iordaniya vakili Işaş Ziyoddan ustun keldi (5:0).
-75 kg vazn toifasi
Özbekiston delegatsiyasi bayroqdori Isroil Madrimov oltin medal uçun Qozoğiston vakili Amankul Abilxanga qarşi ringga kötariladi.
Abilxan Amankul 2017 yili Toşkentda ötkazilgan Osiyo çempionatida yarim finalda Isroil Madrimov bilan töqnaş kelgan va yutqazib qöyib, bronza bilan kifoyalangandi.
Ammo u öşa yilning avgustida Hamburgda keçgan jahon çempionatida finalgaça yetib borgan va kumuş medal bilan taqdirlangan, Madrimov esa çorak finalda amerikalik Troy Aysliga yutqazgandi.
Abilxan 2017 yili Ostonada ötkazilgan prezident kubogi va öşa yili Germaniyaning Halle şahrida ötkazilgan xalqaro turnirda ğolib çiqqan.
Şuningdek, 2018 yili Qozoğistonda ötkazilgan prezident kubogi yarim finalida bu ikki boksçi özaro töqnaşgan, jang özbekistonlik boksçi ustunligida keçgan bölsada, hakamlar ğalabani mezbon sportçiga berişgandi.
Madrimov Osiyo öyinlarida ilk jangida möğulistonlik Davasuren Davaanyamni mağlub etgan (5:0), çorak finalda eronlik Sayidşahin Musaviy ustidan işonçli ğalabaga erişgan (5:0), yarim finalda filippinlik Marsiyal Feliksga qarşi oğir jang ötkazib, 3:2 hisobida ğalaba qozongan.
Abilxan esa nimçorak finalda tailandlik Kankokkreua Apisitni mağlub etgan (5:0), çorak finalda Xitoy Taypey vakili Kan Çiaveydan ustun kelgan (5:0). Yarim finalda u hindistonlik Vikaş Krişanga qarşi jang ötkazişi kerak edi, ammo hindistonlik boksçi jarohati tufayli ringga çiqa olmadi va Abilxan töğridan-töğri finalga yöl oldi.
Ayni vaqtda Özbekiston delegatsiyasi 15ta oltin, 21ta kumuş va 25ta bronza olgan holda yettinçi örinda joylaşib turibdi. Agar bugungi boks bahslarida kamida 5ta oltin qölga kiritilsa, Özbekiston umumiy reytingda Xitoy Taypey va Eronni quvib ötib, beşinçi öringa joylaşişi mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi