Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») aholisi uçun «barça zarur yordam va qöllab-quvvatlov»ni taqdim etişga va'da berdi. Bu haqda u öz Telegram-kanalida yozgan.
31 avgust kuni Donetsk markazidagi restoranda portlaş yuz berdi, natijada «DXR» rahbari Aleksandr Zaxarçenko halok böldi.
Qodirov röy bergan voqeani şarhlar ekan, Zaxarçenko «samimiy va öz xalqi uçun sodiq inson» bölganini aytdi hamda unga hujumni «makkor va razil jinoyatçilar» amalga oşirganini ta'kidlab ötdi.
«Donbass uçun qiyin bölgan bu kunda şuni ma'lum qilmoqçimanki, biz har qanday zarur yordam va qöllab-quvvatlovni taqdim etişga tayyormiz, sizlarni muammo bilan yakkama-yakka qoldirmaymiz!» - deya qayd etib ötdi Çeçeniston rahbari.












