Qozoğistonda 31 avgustda 5,2 magnitudali yer silkinişi yuz berdi. Bu haqda Qozoğiston ta'lim va fan vazirligining seysmologiya tajriba-metodoligik ekspeditsiyasi ma'lum qildi.
Seysmologlarning ma'lumotlariga köra, yer silkinişlari soat 18.21da (Toşkent vaqti bilan soat 17.21da) qayd qilingan. Yer silkinişi markazi Olmaotadan 53 km janubda, öçoği 15 km çuqurlikda bölgan. Olmaotada yer silkinişi 4 ballni taşkil qilgan. Jabrlanuvçilar va talofatlar haqida ma'lumot berilmagan.












