Osiyo öyinlarida boks böyiça final bahslari davom etmoqda.

Turnirda -60 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Şunqor Abdurasulov finalda möğulistonlik  Tsendbaatar Yerdenebat qarşi jang qildi.

Özbekistonlik boksçi bu jangda hakamlar qaroriga köra 2:3 (28:28!, 27:29, 29:27, 28:28!, 29:27) hisobida yutqazdi va kumuş medal bilan kifoyalanadigan böldi.

Bu kumuş medal Özbekiston boks jamoasining ikkinçi, umumiy jamoaning 23-kumuş medali böldi.

Hozirça boks musobaqasida özbekistonliklar 2ta oltin va 2ta kumuş medalga sazovor bölib turişibdi.

Oldinda yana 3 nafar özbekistonlik boksçi ringga çiqadi:
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Çinzorig Baatarsux (Möğuliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Şimbergenov (Qozoğiston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozoğiston)