«Real» hujumçisi Karim Benzema sobiq jamoadoşi Kriştianu Ronalduning rekordini yangiladi.

Fransiyalik hujumçi Ispaniya çempionatining 3-turida «Leganes» darvozasini işğol qildi, bu esa Benzema Ispaniya primerasida 33-jamoaga gol urişi böldi. U şu vaqtgaça Ispaniyada turli mavsumlarda 33 jamoaga qarşi maydonga tuşgan va faqat «Leganes» darvozasini işğol qila olmagandi.

Şu yozda «Yuventus»ga yöl olgan Kriştianu Ronaldu Ispaniya primerasidagi iştiroki davomida 32 jamoa darvozasiga gol urgandi.

«Real»ning sobiq futbolçisi Ugo Sançes hisobida ham yuqori ligada 33 jamoa darvozasiga urilgan gollar bor.

Ayni vaqtda Ispaniyada eng köp jamoaga gol urgan futbolçi «Barselona» hujumçisi Lionel Messi hisoblanadi, u 36 jamoaga gol urgan. Ikkinçi örinni 35tadan jamoaga gol urgan Arits Aduris va Raul bölişib turibdi. Uçinçi örinni Xulio Salinas (34) egallagan. Keyingi örinlarda Benzema, Ugo Sançes va Raul Tamudo (33tadan) joylaşgan.