30 avgust kuni Bahraynga kelgan Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi Manama shahrida qirol Hamad ibn Iso Al-Xalifa bilan uchrashdi.
Shunday qilib, Misr prezidentining Osiyo mamlakatlariga rasmiy tashriflari boshlandi.
Misr prezidentining matbuot kotibi Bassam Rodi tarqatgan xabarga ko‘ra, as-Sisi Xitoyda bo‘lib o‘tishi nazarda tutilgan «Xitoy-Afrika hamkorligi forumi»da ishtirok etish uchun Pekinga jo‘nab ketgan. Forum ish kunlari davomida u Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Shundan so‘ng, as-Sisi va Misr hukumati delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu as-Sisining O‘zbekistonga birinchi tashrifi bo‘ladi.

















