Bugun, 2 sentabr kuni Indoneziyada o‘tgan 18-Osiyo o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Unda qatnashgan O‘zbekiston olimpiachilari sportning turli yo‘nalishlarida bahs olib borishdi va munosib natijalarni qayd etishdi.
Shu munosabat bilan sportchilarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston hukumati tomonidan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotida maxsus charter reysi yo‘lga qo‘yildi. U 200 nafarga yaqin asosiy delegatsiyani Jakartadan to‘g‘ri Toshkentga kelishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK tomonidan sportchilarning g‘alabasiga bag‘ishlab tort tayyorlandi. O‘zbekistonlik sportchilar Toshkent vaqti bilan 15:00-16:00 atrofida vatanga yetib kelishlari kutilmoqda.






























