Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida Braziliya milliy muzeyi yonib ketdi, u mamlakatdagi eng qadimiy ilmiy muassasa hisoblanardi. Bu haqda Globo xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga köra, yonğin natijasida heç kim jarohat olgani yöq.

Ta'kidlanişiça, muzey kolleksiyasi 20 millionga yaqin eksponatlarga ega.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, muzeyning barça eksponatlari yonğin bilan yöq qilingan.

Braziliya milliy muzeyi 1818 yilda Portugaliya qiroli Juan VI tomonidan oçilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Milliy muzey fondi blokçeyn yordamida himoyalanişi xabar qilingandi.