«Barselona» hujumçisi Lionel Messi La Liga 3-turidan örin olgan «Ueska»ga (8:2) qarşi öyinda 2ta gol urdi va şunça golli uzatmani amalga oşirdi.

Natijada, argentinalik 150ta golli uzatmani amalga oşirgan XXI asrdagi ilk futbolçi böldi.

31 yoşli Messi top-5 ligalarning eng yaxşi assistentlari röyxatini boşqarib turibdi. Undan keyingi örinlarda Sesk Fabregas («Çelsi», 143), Mesut Özil («Arsenal», 128), Kriştianu Ronaldu («Yuventus», 122) va Dani Alves («PSJ», 110) bormoqda.

Messi La Liga öyinlarida eng köp marta Luis Suares gollariga hammualliflik qilgan – 23. Undan keyingi örinni Pedro Rodriges (14), Samyuel EtöO (13), Neymar (12) va David Vilya (10) egallab turibdi.