Özbekiston Respublikasining Fransiyadagi elçisi etib tayinlangan Sardor Rustamboyev prezident Emmanuel Makronga işonç yorliqlarini topşirdi.
Fransiya Respublikasi rahbari Özbekiston Respublikasi prezidenti va xalqini Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan yana bir bor tabriklab, mamlakatga farovonlik hamda barqarorlik tiladi.
Makron Özbekiston-Fransiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini ijobiy baholadi hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun respublika rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, Özbekiston prezidentining Parijga rejalaştirilgan rasmiy taşrifi nafaqat ikki tomonlama hamkorlikni faollaştiriş va kengaytiriş, balki, ayni paytda mavjud xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qiliş imkoniyatini beradi.
Marosim yakunida davlat rahbari diplomatni yana bir bor muborakbod etdi va özaro munosabatlarni mustahkamlaş yölida muvaffaqiyatlar tiladi.

















