10:17 / 03.09.2018
14926

Shahrisabzda Xalqaro maqom anjumaniga tayyorgarlik avjida

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 6-10 sentabr kunlari Xalqaro maqom san'ati anjumani o‘tkaziladi. 

Ushbu anjumanga 75ta davlatdan xorijiy mehmonlar kelishi kutilmoqda. Ayni damda tayyorgarlik ishlari keng ko‘lamda, shiddat va hamjihatlikda olib borilmoqda. 

Bir necha oylar davomida qurilish, qayta ta'mirlash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi, innovatsion g‘oyalar bilan barpo etilgan yoritish uskunalari tunni kunga aylantirmoqda.

Oq saroy hududida mehmon va mezbonlar uchun barpo qilinayotgan 1800 o‘rinli maxsus amfiteatr bir necha kundan so‘ng konsert tomoshalarini o‘tkazadi. 

Mavzuga oid
Top