Amerikaning The National Interest naşri jurnalistlari Rossiyaning Su-35 qiruvçisini AQŞ harbiy-havo kuçlari uçun eng yomon dahşat, deb ataşdi.

Su-35 Xitoy armiyasiga topşirildi va, naşrga köra, u Xitoy harbiy-havo kuçlarining eng jangovar qiruvçilaridan biri sanaladi. Körsatilişiça, AQŞ harbiy-havo kuçlari uçun Su-35’ga örnatilişi mumkin bölgan Xitoyning eng zamonaviy PL-15 raketalari eng katta muammo keltirib çiqaradi.

«Agar iş töqnaşuvgaça borib yetsa, Su-35 Xitoyning Tayvanni öziga «egib» oliş borasidagi istalgan harakatida yetakçi örinni egallaşi mumkin. U Xitoy Xalq ozodlik armiyasidagi eng yaxşi qiruvçi sanaladi, biroq J-20 körinmas qiruvçi undan ustunlikka ega. Ammo, u yaqin kelajakda işlatilmaydi, - deyiladi maqolada. U «havo-havo» turidagi katta masofaga ega raketaga ega bölib, Amerikaning yonilği quyiş samolyotlari va boşqa yordamçi samolyotlariga hujum qilişi mumkin».

2015 yil noyabr oyida Xitoyga 2,5 milliard dollar qiymatidagi 24ta Su-35 qiruvçisini yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolandi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq F-35’ning «yirtqiç rejimi»dagi parvozi videoga olingandi.