AQŞ prezidenti Donald Tramp tört oy davomida golf öynaş uçun ikkinçi marta Şotlandiyaga taşrif buyurişi mumkin. Bu haqda The Times xabar bermoqda.

Naşrning ma'lumotlariga köra, Tramp prezident sifatidagi özining birinçi taşrifi davomida Ternberridagi golf-klubida öynagan.

Ta'kidlanişiça, Trampning taşrifi Şotlandiyada norozilik tölqinini keltirib çiqargan.

Şu bilan birga, namoyişlarning oqibatlarini bartaraf etiş uçun Britaniya hukumati taxminan 5 million dollar sarfladi.

Avvalroq, Vaşingtonda amerikalik senator Jon Makkeyn bilan vidolaşuv marosimi bölib ötayotganida, Tramp golf öynaşga jönab ketgani ma'lum qilingandi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Tramp intervyusidan sizib çiqqan sözlar sabab Bloomberğni keskin tanqid qilgandi.