AQŞ Pokistonga terrorizmga qarşi kuraş uçun navbatdagi 300 million dollarni bermaydi, deya xabar qilmoqda ABC News. Pentagonning fikriga köra, mamlakat moliyaviy yordamdan samarali foydalanmayapti.

Mahkama vakili Kol Folknerning ma'lum qilişiça, «AQŞning Janubiy Osiyo strategiyasini qöllab-quvvatlaşdagi qat'iy harakatlari yetişmasligi» tufayli Islomobod belgilangan miqdordagi mablağni olmaydi.

Pokiston taşqi işlar vaziri Şoh Mahmud Qureşining ma'lum qilişiça, pullar «yordam yoki qöllab-quvvatlaş» bölmagan, balki Pentagon söragan harbiy operatsiyalar xarajatlarini qoplagani, deb yozmoqda Al Jazeera.

Uning sözlariga köra, hozirgi vaqtda mamlakatlar örtasidagi munosabatlar «deyarli mavjud emas», ammo hamkorlikni tiklaşga umid bor. Bu AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo va Qöşma Ştatlar yetakçisining boş harbiy maslahatçisi Jozef Danfordning 6 sentabr kungi taşrifi vaqtida röy berişi mumkin. Ular Islomobodga yangi saylangan hukumat bilan muzokara olib boriş uçun kelişadi.

«Kommersant'»ning ta'kidlaşiça, Vaşington Islomobod Xitoydan kredit olgani uçun ham taşvişlanmoqda, çunki davlatlar «Xitoy-Pokiston iqtisodiy yölagi» strategiyasini birgalikda amalga oşirmoqdalar. «Xitoyga qarzlarni tölaş uçun AQŞ soliq tölovçilarining pullarini işlatişga heç qanday sabab yöq», - deya ma'lum qildi AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo.

Ötgan 15 yil davomida AQŞ Pokistonga yordam beriş uçun 33 milliard dollardan ziyod mablağ sarfladi, ammo AQŞ prezidenti Donald Tramp yanvar oyida yozişiça, Vaşington «faqat yolğon va xiyonatni javoban qabul qilib oldi». Ayni paytda u Islomobodni afğon jangarilariga boşpana berişda aybladi. Mamlakat hukumati ayblovlarni rad etmoqda.