Amerika Qöşma Ştatlari boşçiligidagi bir guruh mamlakatlar diplomatiya orqali emas, balki ultimatum va şantaj yöli bilan öz maqsadlariga erişişga intilmoqda. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti talabalari oldidagi çiqişi vaqtida aytib ötdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Qöşma Ştatlar boşçiligidagi kiçik mamlakatlar guruhi bor, u muloqotni xohlamayapti, diplomatiya örniga diktat, ultimatumlar, şantajni qöllaşni istaydi», - dedi Lavrov.
Uning sözlariga köra, Taşqi işlar vazirligining xodimlari bunday holatni har kuni kuzatib borişyapti.
«Hamma narsani taftiş qiliş, Eron yadro dasturiga yeçim topiş böyiça keng qamrovli harakat rejasidan tortib, iqlim böyiça Parij kelişuvi, Şimoliy Amerika erkin savdo zonasi töğrisidagi bitimgaça. Sönggisini hozirda töğrilaşga urinişmoqda, lekin bu amalga oşmayapti», - deya ta'kidlab ötdi u.
Şuningdek, Lavrov JST işi ham tahdid ostida ekanini bildirdi, sababi AQŞda u «eskirgan» taşkilot deb atalmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Lavrov Rossiya «xafa bölgan pozasiga» turib olmasligi haqida ma'lum qilgandi.












