Ukraina Oliy radasining taşqi işlar böyiça qömitasi rahbari Anna Gopkoning ma'lum qilişiça, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi Rossiyaning barça ommaviy axborot vositalari işini mamlakat hududida töxtatişga majburdir. Bu haqda u özining feysbukdagi sahifasida yozgan.

Uning fikriga köra, Rossiyaning barça ommaviy axborot vositalari sanksiyalar röyxatiga kiritilişi kerak.

«Odamlar miyasi har kuni hujumga uçramoqda. Nega biz bunga çidaşimiz kerak? Bu ommaviy axborot vositalarining erkinligi masalasi emas... Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi Moskvaning Ukrainadagi barça kanallari faoliyatini tahlil qilişi hamda töxtatişi, ularni sanksiyalar röyxatiga kiritişi kerak», - deb yozgan Gopko. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainaning Qrimni qaytarib oliş imkoniyatlari baholangandi.