Ijtimoiy tarmoqlarda sönggi kunlar davomida qator blogerlar qölga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Xususan, Musannif Adham taxallusidagi bloger Adham Olimov, toşkentlik Ziyovuddin Rahim, andijonlik Otabek Usmonov va Muhammad Şakur taxallusli bloger qölga olingani aytiladi.

Kun.uz’ga ma'lum bölişiça, Adham Olimovni 28 avgust kuni, soat taxminan 18:00larda Toşkent şahrining Olmazor tumanidagi Sebzor dahasida joylaşgan uyidan olib ketişgan. Ma'lumotlarga köra, uni qölga oliş uçun sakkiz kişi kelgan, ulardan ikki nafari huquq-tartibot organlari xodimlari formasida bölgan.

Musannif Adham/Foto: Facebook

Kvartirada tintuv ötkazilgan. Huquq-tartibot organlari vakillarida prokuror sanksiyasi bölgani haqida xabarlar tarqaldi.

2018 yil 29 avgust kuni Toşkent şahar Olmazor tuman ma'muriy sudi binosidagi oçiq sud majlisida Adham Olimov MJtK 194-moddasining 1-qismi, 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topilgan. 

Sudda ma'lum qilinişiça, Adham Olimov 2018 yil 28 avgust kuni militsiya xodimiga şaxsini tasdiqlovçi hujjatini körsatmay, militsiya xodimining qonuniy talabini bajarmay, qöni-qöşnilar e'tiborini tortganligi, şaxsini aniqlaş maqsadida IIO FMBga boriş taklif qilinganida militsiya xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatgan.

Sud majlisida Adham Olimov aybiga iqrorlik bildirib, suddan yengillik berişni söragan.

Adham Olimovga 184 300 söm jarima jazosi va 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

Uning yaqinlarining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, 29 avgust kuni oilasi Olmazor IIBga borgan. 

«Davlat advokati bizga Adham heç narsani buzmagani va u 48 soat davomida ozod etilişi haqida aytdi. Biz 60 soat ötganidan keyin harakat qilişni boşladik. Avvaliga Toşkent prokuraturasiga bordik, u yerdan bizni Olmazor tumani prokuraturasiga jönatişdi, u yerda esa, akam Panelniyda ekani va u Olmazor sudi qarori bilan 15 sutkaga qamalganini aytişdi», - deydi uning ukasi.

Oila sudga borib, qaror nusxasini olişga uringan, biroq u dam oliş kunlari tufayli yopiq bölgan. Keyinroq Olimovning yaqinlari «Panelniy»ga (Qöyliqdagi hibsxona - tah.) borişgan. U yerda ularga Adham 28 avgust kuni olib kelingan, 29 avgustda esa u qayta jönatilgani aytiladi. «Bizga Adhamni vaqtinçalik saqlaş izolyatoridagilar olib ketganini aytişdi. IIBBda bunday holat bölmagani haqida xabar berişdi», - dedi Şoxruh.