Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Ektor Kuper 6 sentabr kuni Suriyaga qarşi keçadigan örtoqlik öyinidan oldin ötkazilgan matbuot anjumanida iştirok etdi. U qöl ostidagi tarkib holati va öyinlarga tayyorgarlik jarayoni haqida gapirgan.
«22 avgust kuni yiğinga kirişgan bölsak, birinçi işni futbolçilarni inson sifatida örganişdan boşladim. Özbekiston terma jamoasining oldingi öyinlari bilan tanişdim. Qöl ostimda jamlangan futbolçilar bilan maşğulotlar ötkazib, ularning jismoniy tayyorgarligini kuzatdim.
10-12 kunlik muddat davomida va oldingi körgan öyinlarimdan kelib çiqqan holda futbolçilarni optimal holatga olib kirişga harakat qildik.
Terma jamoa öyin uslubi va taktikasiga özgarişlar amalga oşirişga majbur böldik. Bu jarayon hali yakuniga yetmagan, bu kelajak uçun bajarilgan işlar hisoblanadi. Hozirça Janubiy Koreya ligasida töp surayotgan futbolçilar yiğinga yetib kelişmadi. Bundan taşqari, Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov endigina Toşkentga kelişgan.
Hozirgi tarkib ertaga Suriyaga va 11 sentabr kuni Eronga qarşi örtoqlik uçraşuvlari uçun yiğilgan. Mana şu öyinlardan keyin terma jamoa holati haqida aniq gapirişim mumkin. Futbolçilarning barça öyinlarini kuzatib boraman. Hozir yiğinga çaqirilgan tarkib jiddiy özgarişi mumkin, yangi futbolçilar tarkibga jalb etilişi mumkin.
Futbolçilar texnik jihatidan juda ham yaxşi holatda. Maşğulotlar jarayonida global özgarişlar qilganimiz yöq. Şu sababli ham, birinçi öyindanoq möjizalar kutmasligingizni sörayman. Terma jamoa öyinidagi özgarişlar eng kamida bir oydan söng közga taşlanişiga umid qilyapman.
Men futbolçi tanlaşda eng avvalo jismoniy holatga e'tibor beraman. Öz klubida yaxşi töp surayotgan barça öyinçilarni kuzatişga harakat qilaman», deya Kuperning sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.













