Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning bildirişiça, AQŞ Ukrainaning Rossiyaga yaqin hududida keskinlikning xavfli öçoğini yaratişni maqsad qilgan. Bu haqda u «Birinçi kanal»dagi «Katta öyin» dasturida ma'lum qildi.
«Men ulardan söramoqçiman: Ukrainaga qiziqişingiz bormi? Ön ming kilometr masofada. Men Amerika Qöşma Ştatlari Ukrainada nimani qidirayotganini bilmayman. Faqat şuni bilamanki, ular Rossiya Federatsiyasi bevosita çegarada yangi, uzoq muddatli salbiy öçoq yaratişmoqçi», - dedi u.
Avvalroq, Ukraina janubi-şarqidagi jangovar harakatlar hududiga AQŞ va Kanadadan yuqori lavozimdagi harbiylar kelgani xabar berilgandi. Bu haqda tan olinmagan «Donetsk xalq respublikasi» qurolli kuçlari matbuot xizmati boşliği Daniil Bezsonov ma'lum qildi.
Uning aytişiça, jangovar harakatlar hududiga kelgan yollanma jangçilar va qömondonlar Ukraina qurolli kuçlari tayyorlayotgan hujumda iştirok etadi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Putinning Poroşenkoga tahdidi haqida yangi ma'lumotlar paydo bölgandi.












