30 avgust kuni Özbekiston boş vaziri «Taşqi reklamani joylaştiriş sohasidagi faoliyatni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi. 

Hujjat bilan belgilab qöyilişiça, 2018 yil 1 dekabrdan boşlab:

Taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) joylaştiriş uçun yer uçastkalari, davlat mulki bölgan bino va inşootlar röyxatini şakllantiriş, tavsiya etiladigan reklama konstruksiya turlari va ularni joylaştiriş xaritalari (sxemalari)ni tuziş hamda OAVda e'lon qiliş Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan içki işlar, quriliş organlari hamda Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi hududiy bölinmalari bilan hamkorlikda amalga oşiriladi;

Taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) yer uçastkalarida, şuningdek, davlat mulki bölgan bino va inşootlarda joylaştiriş huquqini beriş «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonçasida oçiq elektron auksionlar orqali amalga oşiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;

«E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonçasida oçiq elektron auksionlar orqali berilgan taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) yer uçastkalarida, şuningdek, davlat mulki bölgan bino va inşootlarda joylaştiriş huquqiga şartnomalar tuziş tuman (şahar) hokimlari tomonidan amalga oşiriladi;

Taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) yer uçastkalarida va davlat mulki bölgan bino va inşootlarda joylaştiriş huquqini elektron auksion natijalari asosida sotişdan tuşgan mablağlar, şuningdek, örnatilgan taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uçun oylik tölovlar tumanlar (şaharlar) byudjyetiga yönaltiriladi;

Taşqi reklama joylaştiriş huquqi uçun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan miqdorda yiğim undiriladi, undiriş tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;

Taşqi reklamani joylaştiriş huquqini beriş böyiça şartnomalar tuzişni tuman (şahar) hokimliklari amalga oşiradi, taşqi reklamani joylaştiriş huquqini beriş uçun yiğimlarning 90 foizi tuman (şahar) byudjyetiga, 10 foizi esa - “Tasviriy oyina” ijodiy birlaşmasi va uning hududiy filiallariga milliya ğoya va ma'naviyat tarğiboti tadbirlarini moliyalaştiriş, uning apparati xodimlarini ta'minlaş uçun yönaltiriladi;

Ijtimoiy reklama ma'lumotini joylaştirişning eng kam muddati har bir taşqi reklama obekti böyiça amalga oşiriladi.