
O‘simlik yog‘i qora nuqtalardan xalos bo‘lish, qo‘llarga yopishgan superelimni yuvish va oyoq kiyimning yaroqlilik muddatini uzaytirishda yordam beradi.
1. Etiketka va nakleykalar qoldiqlarini ketkazing
Paxtali diskka biroz o‘simlik yog‘i quying va u bilan yopishqoq izni arting. Agar nakleyka ketmasa, unga kompress qiling. Ya'ni paxtali diskni kirlangan joyga 10-15 daqiqaga qo‘ying, keyin uni artib tashlang.
2. Pardoz-andozni tozalash
Paxtali diskni iliq suvda biroz xo‘llab, unga bir necha tomchi yog‘ quying va yuzni arting. Ko‘zga surtiladigan pardoz vositalari uchun ham qo‘l keladi: paxtali diskni biroz vaqtga qovoqlar ustiga qo‘yish va pardoz qoldiqlarini asta artish. Yog‘ni yuvinish vositasi bilan albatta yuvib tashlang.
- O‘simlik yog‘i kaloriyasi ko‘p bo‘lgan mahsulot. 100 gr yog‘da 884 kkal bor. Bir necha katta qoshiq bu 34 gr yog‘ va 300 kkal. Taomlardagi kaloriyani pasaytirish uchun sepish moslamasiga ega bo‘lgan yog‘ni tanlang.
- Qaynoq idish qoldig‘ini yog‘ va tuz yordamida ketkazish mumkin. Tuzni yumshoq matoga o‘rang va u bilan dog‘ni ishqalang, keyin esa yuza bo‘ylab o‘simlik yog‘i shimdirilgan mato bilan arting. Keyin quruq matoda artib tashlang.
- Mebelga avvalgi yaltiroqlikni qaytarish uchun yog‘ va vino sirkasini bir xil nisbatda aralashtiring. Tuksiz matoni aralashmada ho‘llang va yuzani arting.
3. Qirg‘ichga surting
Yumshoq pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazish – hammaning ham qo‘lidan keladigan ish emas. Pishloq qirg‘ichga yopishmasligi uchun qog‘oz salfetkani yog‘ga botiring va foydalanishdan avval instrument yuzasini arting.
4. Oyoq kiyimni parvarishlash
Biroz o‘simlik yog‘ini yumshoq matoga tomizing va yumshoq teridan ishlangan botinkadagi tirnalgan joylarni arting. Yog‘ teriga singigach, oyoq kiyimni yaltiragunga qadar arting. Bu usul tabiiy teridan ishlangan sumkalar uchun ham mos keladi.
5. Cho‘yandan ishlangan tovalarni parvarishlash














