Bugun, 6 sentabr kuni Toşkentdagi «Milliy» (sobiq «Bunyodkor») stadionida Özbekiston milliy terma jamoasi yangi boş murabbiy Ektor Kuper boşçiligidagi​ ilk uçraşuvda maydonga tuşadi.

Kuperning dastlabki öyinida Özbekistonga Suriya terma jamoasi raqib böladi. Uçraşuv soat 20:00da boşlanadi.

Öyin «Sport TV» telekanali orqali jonli efirda namoyiş qilinadi.

Suriya termasi bugun qizil, Özbekiston esa oq-kök libosda maydonga tuşadi.

Özaro uçraşuvlar
Özbekiston milliy terma jamoasi Suriya bilan şu vaqtgaça 3 marta uçraşdi. Umumiy hisob Suriya foydasiga 2:1. Bu terma jamoalar ilk marta – 1996 yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqiçida uçraşgan. Öşanda suriyaliklar 2:1 hisobida zafar quçgandi. Ikkinçi va uçinçi töqnaşuvlar esa JÇ-2018 saralaşining uçinçi bosqiçi doirasida keçdi. Dastlab, 2016 yilning 1 sentabrida Toşkentda keçgan öyinda Aleksandr Geynrixning yagona goli mezbonlar ğalabasini ta'minladi va özbekistonliklar guruh peşqadamiga aylanib olişgandi.

Ammo ikkinçi davrada, 2017 yilning martida Malayziyaning Malakka şahrida keçgan bahsda öyin oxirida penaltidan gol urgan suriyaliklar 1:0 hisobida ğalaba qozonişdi va Özbekistonni mundial yöllanmasidan uzoqlaştirdi. Saralaş bosqiçi yakunida Suriya guruhda uçinçi örinni egallab, keyingi bosqiçga yöl oldi, Özbekiston törtinçi örinda qolib ketdi.

FIFA reytingidagi örni
Özbekiston milliy terma jamoasi ayni damda FIFA reytingida 97-poğonadan joy egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari orasida milliy terma jamoa Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Xitoy, BAA, Livan, Ummon, Iroq va Qirğizistondan keyin ön uçinçi örinda joylaşgan.

Suriya terma jamoasi FIFA reytingida 73-örindan joy olgan. Osiyo mamlakatlari orasida Suriya Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlardan keyingi oltinçi örinda joylaşgan.

Sönggi uçraşuvlarda qayd etilgan natijalar
Özbekiston milliy terma jamoasi sönggi uç örtoqlik öyinining barçasida mağlubiyatga uçragan.