Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Vostok-2018» strategik maşqlarining bosqiçlaridan biriga taşrif buyuradi, deya xabar beradi «Izvestiya» gazetasi.

Bu haqda Rossiya yetakçisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, Vladimir Putin «Vostok-2018» harbiy maşqlariga Vladivostokdagi Şarqiy iqtisodiy forumda iştirok etgandan keyin boradi. Bu safar Xitoy armiyasi harbiy xizmatçilari ham Qurolli kuçlar harbiy maşqlarida iştirok etmoqdalar. Peskovning aniqlik kiritişiça, XXR raisi Si Tszinpinning maşqlarga taşrif buyurişi rejalaştirilmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Handelsblatt naşri Rossiyaning «Vostok-2018» harbiy maşqlari butun dunyo uçun «kuçli signal» ekani haqida yozgandi.

Naşr ekspertlarining fikriga köra, uşbu maşqlar dunyoga Rossiya yakkalatib qöyilmagani va eng qudratli davlatlardan biri uning ittifoqdoşi ekanini körsatib beradi.