Jahonning eng köp paxta yetiştiruvçi davlatlari öntaligiga kiruvçi Turkmanistonda 2018 yilda 1,05 million tonna paxta hosili yiğib oliş rejalaştirilgan. Bu haqda Turkmenpagta davlat konserni rahbariyatidagi manbaga tayanib Reuters xabar berdi.
«Bugundan Axal, Lebap va Mariy tumanlarida paxta terimi boşlandi. Iqlim xususiyatlari sababli Toşhovuz viloyatida terim 16 sentabrdan boşlanadi», -degan manba.

Turkmanistonda 2017 yilda 1,1 million tonna paxta xomaşyosi yiğib olingan.

Şu kunlarda Özbekistonda ham paxta yiğim-terimiga tayyorgarlik boşlandi. 5 sentabr kuni Vazirlar Mahkamasida taşkil etilgan videoselektor yiğilişida 2018 yilgi paxta terimi mavsumida respublika böylab 26 ming 467ta terim otryadi taşkil etilişi va 2 million 639 ming nafar terimçi jalb qilinişi kutilayotgani aytildi . Şuningdek, bu yil Özbekistonda birinçi marta paxta terim mavsumida terimçilardan mehnati uçun oladigan daromadidan pensiya jamğarmasiga 8 foizlik suğurta badali uşlab qolinmaydi.