O‘zbekiston ko‘pkari terma jamoasi Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlarida yarim finalga chiqdi
Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ko‘chmanchi xalqlar o‘yinlari qirg‘iz kurashi bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilar Mirkomil Ahadqulov (-60 kg) va A'zamjon Anvarjonov (-96 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘yinlar davomida barcha katta qiziqish bilan kuzatib borayotgan uloq ko‘pkari bahslarida ham O‘zbekiston ko‘pkari bo‘yicha milliy terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston ko‘pkari bo‘yicha milliy terma jamoasi 2018 yil 3 sentabr kuni o‘tkazilgan Boshqirdiston Respublikasi bilan o‘yinda 20:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 sentabr Fransiya jamoasini 19:6 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
«B» guruhida yarim final bahslari bugun, 6 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da Cho‘lpon-Ota shahridagi «Ippodrom» arenasida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston Respublikasi terma jamoalari bilan bahsga kirishadi. G‘alaba qozongan jamoa «A» guruhidagi Qirg‘iziston va Rossiya termalari o‘rtasidagi o‘yinlarda g‘olib chiqqan jamoa bilan finalda uchrashadi.
Bugun, 6 sentabr sanasida O‘zbekiston vakillari gulesh (Ozarboyjon kurashi), ashirtmali aba guleshi (Turkiya kurashi), uloq ko‘pkari turlari bo‘yicha bahslarga kirishadi.
Eslatib o‘tamiz, 2 sentabrdan 8 sentabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqada dunyoning 66 davlatidan tashrif buyurgan 1556 nafar sportchi medallar uchun bahs olib bormoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi 13ta sport turi bo‘yicha 58 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgan
Jahon | 09:00
-
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
O‘zbekiston | 08:28
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
Mavzuga oid

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:07 / 20.05.2025