Joriy yilning avgust oyida Özbekistonning Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi va Jahon banki guruhi milliy fuqarolik aviatsiyasi sohasini modernizatsiya qiliş böyiça keng qamrovli maslahat berişga yönaltirilgan kelişuvga erişdi. Jahon banki guruhi va Özbekiston hukumati örtasida ikki tomonlama hamkorlik tarixida birinçi marta Qaytariş şarti asosida maslahat xizmatlarini taqdim etiş töğrisidagi kelişuvga erişildi.

Jahon banki guruhi fuqarolik aviatsiya boşqariş sohasida davlat siyosatini işlab çiqiş va uning faoliyati qator jihatlarini yaxşilaş böyiça tavsiyalar tayyorlaydi. Jumladan, bunda institutsional, moliyaviy va taşkiliy tuzilmalar ham qamrab olinadi. Şuningdek, tavsiyalar Özbekiston aeroportlari infratuzilmasi va ularni boşqarişni rivojlantirişga xususiy sektorni jalb etiş masalalariga tegişli böladi. Bu vazifalarni amalga oşiriş maqsadida, Jahon banki guruhi «Özbekiston havo yöllari» MAK, manfaatdor vazirlik va idoralar, şuningdek, xususiy sektor bilan yaqin hamkorlikda işlaydi.

Çeklangan ötkaziş imkoniyati va aeroport infratuzilmasi uçun katta xarajatlar Özbekistonga hamda undan parvozlarni yölovçilar uçun juda qimmatga tuşiradi. Uşbu omillar mahalliy bozorda xorijiy aviataşuvçilarning paydo bölişiga tösqinlik qiladi. 2010 yildan buyon Özbekistonning havo transporti sohasi yiliga atigi 2 foizga ösib bordi. Bu körsatkiç qöşni mamlakatlar bilan taqqoslaganda, mintaqadagi eng past körsatkiçdir. Taqqoslaş uçun, Qozoğistonda havo transporti sektori yiliga 10 foizga ösdi. Özbekistonda 15ta xalqaro aviataşuvçi faoliyat körsatmoqda. Biroq, MAK mamlakatdagi yölovçilar oqimining 75 foiziga xizmat körsatadi.

«Fuqaro aviatsiyasi sohasi iqtisodiy ösişni rağbatlantiriş va mamlakat sayyohlik salohiyatini oçib berişdagi roli hisobga olinib, Özbekiston hukumati uçun ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Juda köplab mamlakatlar uçun viza rejimi bekor qilinişi bilan turizm sanoatining ösişi kutilmoqda. Şuningdek, mamlakat xalqaro savdodagi tösiqlarni bartaraf etyapti. Biroq hozirgi vaqtda havo taşuvlarining amaldagi hajmi fuqaro aviatsiyasi sohasida raqobatning yöqligi tufayli ösib borayotgan talabni qondira olmaydi», - deya ta'kidlab ötdi Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori. «Jahon banki guruhi va Özbekiston hukumati örtasida Qaytariş şarti asosida maslahat xizmatlarini taqdim etiş töğrisidagi kelişuv mamlakat rahbariyatining fuqarolik aviatsiyasi sektorini xalqaro standartlarga muvofiq boşqariş böyiça qat'iy niyatidan darak beradi».