Soliq xizmati: Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi takomillashtirilmoqda

O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi 3802-sonli qaroriga muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasi Qo‘mita huzuridagi Malaka oshirish markaziga aylantirildi. Shuni inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasi davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga doir qarorni (№704) qabul qildi.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: qo‘shimcha professional ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ta'lim beruvchi tarkib malakasini oshirish, tinglovchilar ta'lim olishi uchun sharoitlar yaratish, masofaviy ta'lim va hisobchilar, auditorlar hamda soliq maslahatchilarini o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq qilish.
Malaka oshirish markaziga 50 shtat birligi berilib, quyidagi kurslar tashkil etiladi:
- soliq organlarida boshqaruvchi lavozimlarni to‘ldirish uchun zahiradagi kadrlar malakasini oshirish - 1 oygacha;
- davlat soliq xizmati organlariga qayta ishga qabul qilinayotgan shaxslarni qayta tayyorlash - 3 oygacha;
- tuman soliq inspeksiyalari xodimlarining malakasini oshirishga doir ta'lim - 1 oygacha;
- hisobchi, auditor, soliq maslahatchilarining soliqqa tortish bo‘yicha malakasini oshirishga doir ta'lim - kelishuv asosida.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27
-
Saudiya Arabistoni Haj mavsumida o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni to‘xtatib qo‘ydi
O‘zbekiston | 19:09
Mavzuga oid

13:58 / 03.02.2025
Dohada Vatandoshlar markazini tuzishga kelishib olindi

11:41 / 02.09.2024
O‘zbekiston YuNESKOning xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘ldi

13:52 / 09.08.2024
O‘zbekistonda xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi tashkil etiladi

17:10 / 30.04.2024