Baholovçi malaka sertifikatini beriş tartibi töğrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.
Baholovçi malaka sertifikatini olişga talabgor bölgan şaxsga quyidagi talablar qöyiladi:
• oliy iqtisodiy, yuridik yoki texnik ma'lumotga, baholovçi yoki baholovçining yordamçisi lavozimida bir yil iş stajiga ega böliş;
• qayta tayyorlaş kursini tugatganligi töğrisida sertifikatga ega böliş.
Malaka imtihonini topşiriş uçun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
• imtihon topşirişga ruxsat beriş töğrisidagi ariza;
• sörovnoma;
• pasport nusxasi;
• oliy ma'lumot töğrisidagi diplomning nusxasi;
• mehnat daftarçasining nusxasi
• 3,5 x 4,5 hajmdagi 2 dona fotosurat;
• qayta tayyorlaş kurslarini tugatganligi töğrisidagi sertifikat nusxasi;
• xalqaro sertifikatga ega bölganlar uçun xalqaro sertifikat nusxasi;
• 184 ming 300 söm yiğim tölanganligini tasdiqlovçi hujjat.
Ariza tuşgan kundan boşlab uç kunlik muddatda talabgorning imtihonga qöyilişi yoki qöyilmasligi haqida qaror qabul qilinadi.
Imtihon loyihani himoya qiliş va imtihon savollari böyiça suhbat ötkazişdan taşkil topadi va uzluksiz ravişda videoyozuvga (ovozli) tuşiriladi.
Malaka imtihoni uçun maksimal ball 100 ball bölib, bunda 50 ball loyiha himoyasi uçun va 50 ball savollarga javob uçun beriladi. 70 balldan yuqorini ball olganlar imtihonni muvaffaqiyatli topşirgan hisoblanadi.
Malaka sertifikati 5 yillik muddatga beriladi va uning amal qiliş muddati beş yillik muddatga uzaytirilişi mumkin.
Malaka imtihonidan ötmaganlar öttiz kalendar kuni içida yozma apellyatsiya beriş huquqiga ega.












