Eng boy xitoylik Jyek Ma Alibaba kompaniyasi rahbari lavozimidan ketişga tayyorlanayotganini hamda bundan keyin nima bilan şuğullanişini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Maning aytişiça, u borgan sari köproq vaqtini xayriya işlari va saxovatpeşalikka ajratmoqda. Tadbirkor 2014 yilda Xitoyda asosan ta'lim tizimini takomillaştirişga qaratilgan jamğarmani taşkil qilgan.
“Öylaşimça, men yaqinda ta'lim berişga qaytaman. Bu men Alibaba rahbari bölişdan yaxşiroq qila oladigan işdir”, deb aytgan Ma. U 1999 yilda Alibaba taşkil etilgungaça, ingliz tili öqituvçisi bölib işlagan.
Ma kompaniyani qaçon tark etişi haqidagi savolga oydinlik kiritmagan. “Siz buni tez orada bilib olasiz. Men Jack Ma Foundation’ni tayyorlaganman. Bu işlar ustida 10 yil iş olib bordim”, deb aytgan milliarder.
Jyek Ma Alibaba Group kompaniyasi asosçisi va rahbari bölib, uning boyligi 39,6 mlrd dollarni taşkil qiladi.












