Idlibda 50 mingga yaqin terrorçi harakatlanmoqda. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya şu haqida xabar berdi.
Uning sözlariga köra, Ğarb Suriyadagi terrorçi anklavining pasayişiga yöl qöygisi yöq.
BMT zudlik bilan Suriyadagi terrorçilarga qurol yetkazib berilişi masalasi bilan şuğullanişi kerak.
"Terrorçilarda şunça xorijiy harbiy qurol qayerdan? Töğridan-töğri işlab çiqaruvçilarning özidanmi? Yoki taşqi qöllab-quvvatlaş borasida qiyinçilik sezmaydigan mö'tadil muxolifatdanmi? Bu masala BMT profil tuzilmalari tomonidan zudlik bilan örganib çiqişni talab qiladi", - dedi Nebenzya.
Uning aytişiça, 4 sentabr kuni Rossiya samolyotlari Idlib provinsiyasidagi aholi punktlaridan uzoqda joylaşgan "An-Nusra" obektlariga qarata zarba bergan. Bundan maqsad uçuvçisiz qurilmalar, portlovçi moddalar saqlangan omborlarni nişonga oliş bölgan.












