Joriy yilning 15 sentabrida respublika hududida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi ötkaziladi. Uşbu tadbir Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi “Yöl harakati xavfsizligi kunini ötkaziş va yöl transport xodisalari profilaktikasining samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 701-sonli qarorida belgilangan vazifaga asosan taşkil etiladi. Öşa kundan boşlab har oyning uçinçi juma kunida doimiy ravişda aksiya ötkaziladi.

Respublika ekologiya qömitasi binosida 8 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi, Mudofaa vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Respublika Avtomobillar yöllari davlat qömitasi va jurnalistlar iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda aksiya doirasida qilinayotgan işlar haqida ma'lumotlar berildi.

Respublika Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi örinbosari Öktam Ötayev bu haqida quyidagilarni aytib ötdi:
“Bu aksiyani ötkazişdan maqsadimiz odamlar orasida soğlom turmuş tarzini tarğib qilişdan taşqari, atrof-muhitni muhofaza qilişda daxldorlik hissini uyğotişdir. Biz “Avtomobilsiz kun” aksiyasini ötkazişdan oldin 24 ta xorijiy davlatning tajribasini örganib çiqdik. Aytiş joizki, rivojlangan mamlakatlarda dam oliş kunlari velosipedlardan foydalanişadi. Şu an'anani joriy etsak, barçani birlaştira olsak, yurtimiz ekologiyasiga katta hissa qöşgan bölamiz. Toşkent şahar hokimligi tomonidan veloturargohlar taşkil qilinmoqda. Toşkent şahrining Töytepa köçasida şunday zamonaviy veloturargoh barpo qilinyapti. Çilonzor tumanida velosipedlar uçun yölak qurildi. Bularning sonini bosqiçma-bosqiç köpaytirib boriş niyatidamiz”.
Eslatib ötamiz, 15 sentabrda poytaxt köçalarida avtomobil harakati çeklanmaydi.










