Daniyaning Ørsted kompaniyasi Buyuk Britaniya va Irlandiya sohillaridan 19 km uzokliqda dunyodagi eng katta suvda turuvçi şamol elektr stansiyasini işga tuşirdi.    

Walney Extension stansiyasining umumiy maydoni 20 mingta futbol maydoni, ya'ni 145 kvadrat kilometrni taşkil qiladi. Unda balandligi 188 metr va işlab çiqariş quvvati 659 MVt bölgan 87 ta şamol generatori örnatilgan. Bu esa deyarli 600 mingta uyni elektr energiya bilan ta'minlaş imkonini beradi.

Suv sirtida turuvçi şamol elektr stansiyalari sohilda örnatilgan şunday elektr stansiyalardan ança samaraliroq bölib, qişda 65 foiz quvvat bilan işlasa, sohildagilari 40 foiz bilan işlaydi.