FEI World Jumping Challenge musobaqalarining ikki konkur yakunlariga köra, musobaqaning ğolib va sovrindorlari aniqlandi. Unga köra, özbekistonlik Saidamirxon Turğunboyev bronza medal sohibiga aylandi. Ot sporti va yilqiçilik federatsiyasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Birinçi örin isroillik Sternbax Nadav, ikkinçi örin esa argentinalik Riçard Kiyerkigardga nasib etdi.
Özbekistonda bölib ötayotgan FEI World Jumping Challenge final musobaqalari dunyoning 10 mintaqasidan dunyoning eng sara çavandozlarini maydonga jamladi. Özbekiston Osiyo mintaqasi va MDH mamlakatlari içida bunday musobaqani birinçi bölib ötkaziş şarafiga muyassar böldi. Bu işonç Xalqaro ot sporti federatsiya tomonidan mamlakatimizda yilqiçilik va ot sporti yönalişida olib borilayotgan islohotlar samarasining yuksak e'tirofi hamdir.
Bugun dunyoning eng sara çavandozlari, yuqori malakali hakamlar hay'ati va ot sporti sohasi sohasidagi ekspertlar Özbekistonda yiğildi.
Jahon kubogi musobaqalari qoidalari juda oson va qiziqarli. Uning bosqiçlari dunyo böylab önta mintaqada milliy ot sporti federatsiyalari örtasida ötkaziladi. Uşbu musobaqalar dunyoning eng yuqori reytingli konkurçilarini aniqlaşga xizmat qiladi.
Uşbu musobaqada Abduşukur Sobirjonov hamda Saidamirxon Turğunboyev Özbekiston şarafini himoya qildi. Ta'kidlaş joizki, birinçi konkur davomida sportçilarimiz peşqadamlik qilgan bölsa, keyingi bahslarda juz'iy kamçiliklarga yöl qöyişdi. Umid qilamizki, çavandozlarimiz hal qiluvçi bahslarda yuqori natijalarni qölga kiritişadi.
Musobaqa Özbekiston ot sporti sohasi uçun juda ahamiyatli bölib, mutaxassislarning özaro tajriba almaşişi, xorijiy ekspertlar bilan tarmoqni rivojlantiriş borasida hamkorlikni mustahkamlaş yölida xizmat qiladi.












