Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA ramziy terma jamoasi uchun nomzodlar ma'lum qilindi
Professional futbolchilar uyushmasining xalqaro federatsiyasi (FIFPro) talqini bo‘yicha 2018 yilning ramziy terma jamoasiga kirishi mumkin bo‘lgan 55 nafar nomzod nomi e'lon qilindi.
Ovoz berish jarayonida dunyoning 65 mamlakatidan 25 ming nafardan ortiq futbolchi ishtirok etdi.
FIFPro ro‘yxatidan 5 darvozabon, 20 himoyachi, 15 havbek va 15 hujumchi o‘rin olgan.
Darvozabonlar: Janluidji Buffon (Italiya, «PSJ» / «Yuventus»), Tibo Kurtua (Belgiya, «Real» / «Chelsi»), David De Xea (Ispaniya, «Manchester Yunayted»), Keylor Navas (Kosta-Rika, «Real»), Mark-Andre ter Stegen (Germaniya, «Barselona»);
Himoyachilar: Jordi Alba (Ispaniya, «Barselona»), Dani Alves (Braziliya, «PSJ»), Daniel Karvaxal (Ispaniya, «Real»), Jordjo Kellini (Italiya, «Yuventus»), Virjiyl van Deyk (Gollandiya, «Liverpul»), Diyego Godin (Urugvay, «Atletiko»), Mats Hummels, Yozua Kimmix (ikkisi – Germaniya, «Bavariya»), Deyan Lovren (Xorvatiya, «Liverpul»), Marselo (Braziliya, «Real»), Yyerri Mina (Kolumbiya, «Everton» / «Barselona»), Benjamen Pavar (Fransiya, «Shtutgart»), Jyerar Pike (Ispaniya, «Barselona»), Serxio Ramos (Ispaniya, «Real»), Tiago Silva (Braziliya, «PSJ»), Kiran Tripper (Angliya, «Tottenhem»), Samyuel Umtiti (Fransiya, «Barselona»), Rafael Varan (Fransiya, «Real»), Shime Vrsalko (Xorvatiya, «Inter» / «Atletiko»), Kayl Uoker (Angliya, «Manchester Siti»);
Yarim himoyachilar: Serji Buskets (Ispaniya, «Barselona»), Kazemiro (Braziliya, «Real»), Filippe Koutino (Braziliya, «Barselona» / «Liverpul»), Kevin de Bryuyne (Belgiya, «Manchester Siti»), Eden Azar (Belgiya, «Chelsi»), Andres Inesta (Ispaniya, «Vissel Kobe» / «Barselona»), Isko (Ispaniya, «Real»), Ngolo Kante (Fransiya, «Chelsi»), Toni Kroos (Germaniya, «Real»), Nemanya Matich (Serbiya, «Manchester Yunayted»), Luka Modrich (Xorvatiya, «Real»), Pol Pogba (Fransiya, «Manchester Yunayted»), Ivan Rakitich (Xorvatiya, «Barselona»), David Silva (Ispaniya, «Manchester Siti»), Arturo Vidal (Chili, «Barselona» / «Bavariya»);
Hujumchilar: Karim Benzema (Fransiya, «Real»), Edinson Kavani (Urugvay, «PSJ»), Paulo Dibala (Argentina, «Yuventus»), Antuan Grizmann (Fransiya, «Atletiko»), Harri Keyn (Angliya, «Tottenhem»), Robert Levandovski (Polsha, «Bavariya»), Romelu Lukaku (Belgiya, «Manchester Yunayted»), Mario Manjukich (Xorvatiya, «Yuventus»), Sado Mane (Senegal, «Liverpul»), Kilian Mbappe (Fransiya, «PSJ»), Lionel Messi (Argentina, «Barselona»), Neymar (Braziliya, «PSJ»), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, «Yuventus» / «Real»), Muhammad Saloh (Misr, «Liverpul»), Luis Suares (Urugvay, «Barselona»).
24 sentabr kuni FIFAning The Best sovrinini topshirish marosimida 11 futbolchidan (4-3-3) iborat yil ramziy terma jamoasi e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
21:16 / 18.12.2025
Saudiya Arabistoni JCh-2034 budjetini qisqartiradi
21:08 / 17.12.2025
FIFA O‘zbekiston milliy jamoasiga kamida 10,5 mln dollar to‘laydi
16:11 / 17.12.2025
Noroziliklardan keyin JCh uchun 60 dollarlik chiptalar chiqariladi
22:55 / 16.12.2025