Maktablarda ijaraga berilgan darsliklar yoki öquv-metodik qöllanmalar ijaraga oluvçilar tomonidan yöqotilgan yoki foydalanişga yaroqsiz holatga keltirib qöyilgan taqdirda, zararning örni ular tomonidan xuddi şunday darsliklar bilan qoplanadi yoki ularning qiymati quyidagi miqdorlarda tölanadi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Unga köra: 

birinçi sinf öquvçilarining har bir darsliklari va öquv-metodik qöllanmalari uçun — uning bir baravari miqdorida;

2 — 4 sinf öquvçilarining har bir darslik va öquv-metodik qöllanmalari uçun — uning ikki baravari miqdorida;

yuqori sinf öquvçilarining har bir darslik va öquv-metodik qöllanmalari uçun — uning tört baravari miqdorida.

Eslatib ötamiz, avvalroq darsliklarni joylarga yetkaziş bilan boğliq qator muammolar aniqlangandi.