Badiiy asar mutolaasiga berilib, ba'zan sözning qudrati şunçalar ham kuçlimi, degan öy oğuşida qolaman. Şunda Yaratganning birgina “Yaral!” degan sözi bilan bunyod bölgan ön sakkiz ming olamni tasavvurimda jonlantiraman-da, söz atalmiş ziynatning sehri va mö'jizasini anglagandek bölaman...
Söz qaçon mö'jizaga aylanadi? Qaçonki unga mohir zargar sayqal bersa, jilolay olsa. Mohir zargarning kimligi esa ma'lum — inson. Ha, yozuvçi-şoir ham avvalo inson, faqat uning boşqalardan farqli jihati u sözning sehri va mehrini köproq his etadi. Uning lazzatini yurak-yuragidan tuya oladi va bu lazzatni boşqalarga-da ulaşa oladi. Bunday insonni heç mubolağasiz hotamitoy deyiş mumkin. Buyuk qirğiz adibi Çingiz Aytmatov ham ana şunday hotamitoy inson, yozuvçi edi.
Uning “Sohil yoqalab çopayotgan olapar” qissasini ilk bor öqiganimda özimni xuddi Oxoto dengizi sohillarida yurgandek his etgandim. Keyin Oqsoqol Örxon, Emrayin, Milxun va oçiq dengizga birinçi bor çiqayotgan, tağinam ov uçun çiqayotgan Kirisk bilan bitta qayiqda edik. Asarni öqiş asnosida nimagadir Kirisk ğoyib bölib qoldi. Hali etni junbuşga keltiradigan asar voqealariga start berilmagan, kulminatsiyagaça biroz bor. Keyin bilsam, Kirisk... menga aylanib qolgan ekan. Ya'ni men özimni Kirisk ruhiyatida yaşay boşlaganimni sezib qoldim.
Asar voqealari öquvçini tezda öziga jalb etadi. Oçiq dengizda yöldan adaşgan qayiq, kun bilan tunning yöqolgan farqi, qahramonlar çekayotgan taşnalik va oçlik azobi, ertangi kunga bölgan umidning sönişi... bularning bari öquvçi ruhiyatida “yaşay” boşlaydi. Aslida haqiqiy yozuvçi qalamga olgan tuyğu-tuşunçalarini kitobxon qalbida-da “yaşata olsa”, bir lahza bölsa-da, uni asar voqealari atmosferasidan kökrak töldirib nafas olişiga erişa olsa, u öz maqsadiga yetgan böladi. Yöqsa, uvol bölgan söz-u, yöqotilgan vaqtga açinişdan bölak çora qolmaydi.
“Sohil yoqalab çopayotgan olapar” adibning boşqa asarlariga qaraganda ança oğir öqiladi. Çunki uning boş qahramoni Kirisk birin-ketin yaqinlaridan ajraladi. Avvaliga bobosi, keyin amakisi, söngra esa otasi aynan tabiiy ofat yo kasallik, falokat yoki duşman bilan olişuv natijasida emas çorasizlikdan, bundan ortiq söngsiz azob-uqubatga mubtalo bölmaslik, yanayam boşqaça aytganda, ön gulidan bir guli oçilmagan, hali hayot atalmiş buyuk ne'matni yaxşi anglamagan Kirisk uçun özlarini qurbon qiladi. Albatta, buni körib-bilib, yurakdan ötkazib heç bir çora topolmayotgan jajji Kirisk uçun bundan-da ortiq azob-uqubat, bundan-da ziyoda ğam-qayğu bölmaydi. Alaloqibat u dengiz bağrida qayiqdagi barça yaqinlaridan ajraladi. Söng zaxirasidagi bor içimlik suvi va yegulik ham tugaydi. Asarning eng qimmatli joyi şundaki, mana şu lahzada endigina oçiq dengizga çiqib körgan, dengizda yuragidan ötkazgan qayğulari şu kungaça körgan quvonçlarini yamlab ketadigan Kirisk har qança qiyin bölmasin jamiki çekiladigan azoblardan bira töla qutulib qöya qolişdan tiyiladi.












