«Real» prezidenti Florentino Peresning hisoblaşiça, ispaniyalik tennisçi, Madrid klubi muxlisi Rafael Nadal kelgusida klub rahbarligi lavozimini egallaşi mumkin.
El Confidencial naşri ma'lumotiga köra, «qaymoqranglilar» rahbari Nadalni nafaqat klubning eng yaxşi elçisi sifatida, balki özining klubdagi vorisi sifatida ham köradi.
Qayd etilişiça, tennisçi «Real» prezidentligini faqat 2031 yilda, 45 yoşga çiqqanida egallaşi mumkin. Klub prezidenti bölişni istagan şaxs madridliklar klubida 20 yil işlaşi kerak. Nadal 2011 yilda Madrid klubining faxriy elçisiga aylangandi.
Ayni vaqtda 71 yoşda bölgan Peres «Real»ga birinçi marta 2000 yildan 2006 yilgaça rahbarlik qilgan, 2009 yilda yana şu lavozimga qaytgan.












