Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi MDS-Service klinikasi auksionga qo‘yildi. Narxi - 32,7 mlrd so‘m
Toshkentda xatlovga olingan MDS-Service klinikasi auksionga qo‘yildi, bundan E-ijro Auksion ma'lumotlari darak beryapti.
O‘zbekistondagi eng birinchi tez tibbiy yordam nimstansiyalaridan biri bo‘lgan MDS-Service klinikasi ustav fondi 100 foizi lot sifatida qo‘yilgan. Ulardan 62,2% NNB Investments’ga, 37,8% — Solid Investment and Securities’ga tegishli. Har ikki kompaniya xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan.
Taklifga hammasi kiradi - investitsiyalar, aktivlar, boshqa turdagi barcha mol-mulklar (bino-inshootlari, avtotransport vositalari, tibbiy asbob-uskunalari va boshqalar).
Yer uchastkasining umumiy maydoni (ga) - 5,575. Bino umumiy maydoni (kv.m) - 3796. Binoning qurilish osti maydoni (ga) - 2,655, bino foydali maydoni (kv.m) - 2791,88.
Bino 1-2 qavatli va yerto‘lali, 7ta xonadan iborat.
Ijro hujjatini chiqargan organ nomi - jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar. Ijro hujjatining sanasi - 8 sentabr.
Baholangan narxi - 32,7 mlrd so‘m. Bu maydoncha ishi tarixidagi eng qimmat lotlardan biri. Zakalat puli miqdori - 1,6 mlrd so‘m.
Auktsion 28 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi, arizalar 26 sentabrga qadar qabul qilinadi.
Mavzuga oid
19:13 / 29.04.2026
Toshkentda 12 ta sun’iy ko‘l tashkil etiladi
17:33 / 27.04.2026
Piskentdagi suv ta’minoti obyektida 14 km quvur talon-toroj qilindi
15:30 / 27.04.2026
“Peshlavhani uch marta o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi” - tadbirkorlar Toshkent dizayn-kodidan nega norozi?
22:59 / 26.04.2026