Sport | 18:15 / 10.09.2018
55905
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Suriyaga qarshi o‘yinda futbolchilar penalti talashishdi. Kuper munosabat bildirdi

O‘zbekiston terma jamoasining «shtatdagi penaltist»i Marat Bikmayev hisoblanadi. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper Eronga qarshi 11 sentabr kuni o‘tkaziladigan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani vaqtida ma'lum qildi.

6 sentabr kuni Toshkentda Suriyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida mehmonlar jamoasi darvozasi tomon penalti belgilangan, o‘shanda dastlab Otabek Shukurov zarbani ijro etishga chog‘langan, bunga Sardor Rashidov rozi bo‘lmagan va to‘pni undan olib qo‘yib nuqtaga o‘rnatadi. Ammo uchinchi bir futbolchi Marat Bikmayev uning o‘zidan to‘pni olib, zarba beradi.

«Men penalti masalasiga oydinlik kiritmoqchiman. Penaltini kim tepishini men hal qilaman. Marat Bikmayevmi yoki Otabek Shukurovmi, mening ko‘rsatmamga amal qilishi shart. Men Maratga penalti bo‘lsa, sen tepasan deb aytganman va buni o‘sha vaziyatda futbolchilar bilmasdi. Bu vaziyat sizlarga tushunmovchilik bo‘lib tuyulgan bo‘lsada aslida unday emas», deya murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda «Tribuna» muxbiri.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan Otabek Shukurov ham vaziyatga izoh bergan.

«Penaltini kim tepishidan qat'i nazar asosiysi jamoaga manfaat kelsa bo‘ldi. Biz doim bitta jamoamiz, ya'ni bir butun oila kabi bir birimizni hurmat qilamiz», degan futbolchi.

Mavzuga oid