AQŞ ma'muriyati Falastinni Vaşingtondagi elçixonasini yopişi haqida xabardor qildi. Falastinda uşbu qaror “xalqaro tizim”ning Isroil foydasiga “buzilişi”ga qadam deb hisoblanmoqda. Bu haqda Falastinni ozod qiliş taşkiloti boş kotibi Soib Oraykat ma'lum qildi.
Oraykatning aytişiça, amerikaliklarning bu qarori Falastinning Xalqaro jinoiy sud bilan hamkorlikni davom ettirayotganiga “jazo çorasi” bölgan. Uning ta'kidlaşiça, Vaşingtonning bunday xatti-harakati Falastin-Isroil ixtilofining yanada keskinlaşişiga va öz ortidan jiddiy siyosiy oqibatlarga olib keladi.
Avvalroq The Wall Street Journal naşri AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Jon Bolton 10 sentabrda Falastinni ozod qiliş taşkilotining Vaşingtondagi vakolatxonasi faoliyati töxtatilişini e'lon qilişini ma'lum qilgandi. Bu qadam falastinliklarning isroilliklar bilan tinçlik böyiça muzokaralarga qaytişni istamayotgani bilan asoslangan.
“Bu xavfli xatti-harakat AQŞning Isroil jinoyatlari va Falastin yeri hamda xalqiga hujumlarini, mintaqamizdagi tinçlik va xavfsizlikka tajovuzni himoyalaş uçun xalqaro tizimni buzişga tayyorligini namoyiş qiladi”, deb qöşimça qilgan Oraykat.
“Biz falastin xalqi huquqlari sotilmasligini, AQŞning tahdid va qörqitişiga yon bermasligimizni tasdiqlaymiz. Biz ozodlik, adolat va mustaqillik uçun qonuniy kuraşimizni barça imkoni bor siyosiy va huquqiy vositalar bilan davom ettiramiz”, deb ta'kidlab ötgan Falastin vakili.
Hozirda AQŞ Isroilni Falastin bilan qarama-qarşilikda faol qöllab-quvvatlamoqda.












