Bloger Tim Denning o‘zining Medium’dagi postida kompaniyada ishlaysizmi, yoki o‘z biznesingizni yuritasizmi siz uchun karerangizda zarur bo‘lgan ko‘nikmalar haqida so‘zlab bergan.

Foto: Pixabay

Ko‘nikmalarning to‘g‘ri to‘plami sizni tengi yo‘q xodimga aylantiradi. Ularga ega bo‘lish orqali:

  • qancha pul ishlab topishni tanlash;
  • kompaniyada ishlab, bir vaqtning o‘zida o‘z biznesingizni rivojlantirish;
  • sizda ishtiyoq uyg‘otadigan ustozlarni topish;
  • har qanday narsaga “yo‘q” deyish;
  • muhim insonlar hurmatiga sazovor bo‘lish;
  • to‘g‘ri maslahatlar berish;
  • boshqalarda ishtiyoq uyg‘otish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Agar ana shunday natijalarga ega bo‘lishni istasangiz, sizga aytib berishni istagan ko‘nikmalarimga diqqatingizni qarating.

Kompaniya uchun ishlash

Ko‘pchilik ishni kompaniya yoki mijoz foydasi uchun emas, boshqalarga yaxshiroq ko‘rinish uchun bajaradi.

“O‘rganish kerak bo‘lgan eng muhim ko‘nikmalardan biri - ish vaqtida faqat o‘zini o‘ylamaslik. Harakatlaringiz ortida yashiringan xudbinlikni odamlar yaqqol sezishadi”.

Ijtimoiy tarmoqlarni yuritish

Foto: Pixabay

Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish orzu ham qilmagan natijalarga erishishingizda yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni to‘g‘ri yuritish borasidagi maslahatlar quyidagicha:

  • “Bugun men kimni ko‘rganimni qaranglar” qabilidagi suratlarni joylashtirishni bas qiling.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda har kuni bitta sahifani yuriting. Men LinkedIn’ni tavsiya qilgan bo‘lardim.
  • Original kontentni joylashtiring.
  • Odamlar nima deb o‘ylashidan xavotirga tushmang.
  • Muayyan sohada mutaxassisga aylaning. Keyin ana o‘sha mavzu haqida gapiring.