Yevropa klublari assotsiatsiyasi boş assembleyasi 2018 yilning eng yaxşi klubini e'lon qildi. Unga köra, Madridning «Real» klubi yil jamoasi deb e'lon qilindi.
Assembleya «Arsenal» va «Çelsi»ning ayollar jamoalarini ham Yevropadagi ötgan mavsumning eng yaxşilari deb topgan. Bundan taşqari, «Gent» klubi ijtimoiy sohadagi faoliyati uçun maxsus mukofot bilan taqdirlangan bölsa, «Red Bull» Yevropaning eng yaxşi ösişga erişgan jamoasi sifatida e'tirof etildi.

Eslatib ötamiz, 2017/18 yillar mavsumida «Real» YeÇLda ketma-ket uçinçi marta ğalaba qozonib, musobaqa rekordini örnatgan, Ispaniya çempionatida esa bronza medallarga sazovor bölgandi.
Yevropa klublari assotsiatsiyasi UYeFAga a'zo mamlakatlardagi professional futbol klublarining manfaatlarini himoya qiluvçi taşkilot sifatida 2008 yilda taşkil etilgan. Qarorgohi Şveytsariyaning Non şahrida joylaşgan taşkilotga ayni paytda italiyalik biznesmen Andrea Anelli rahbarlik qilmoqda.












