UYeFA Çempionlar ligasining final uçraşuvini AQŞning Nyu-York şahrida ötkaziş borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Ispaniyaning mediamahsulotlar bilan şuğullanuvçi gigant kompaniyasi – Mediapro asosçisi Xaume Roures ma'lum qilgan.

Mediapro boş direktorining Catalunya radiosidagi şou vaqtida bergan ma'lumotiga köra, Yevropa futbolining boş taşkiloti qabul qilgan uşbu qaror zamirida çempionat öyinlarini Şimoliy Amerikada ötkaziş borasida şartnoma imzolagan La Liga rahbariyatining ğoyasi yotibdi.

«Muzokaralar davom etmoqda. Çempionlar ligasining final öyinini Nyu-Yorkda ötkaziş imkoniyatlari örganib çiqilyapti», - degan Roures. Kataloniyalik mediamagnat ayni voqelikning batafsil tafsilotlariga, xususan YeÇLning qaysi mavsumi haqida gap ketayotganiga töxtalmagan.

Avvalroq UYeFA prezidenti Aleksander Çeferin YeÇL öyinlari 2024 yilga qadar faqat Yevropa hududida bölib ötişişini işonç bilan ta'kidlagan edi.

«Bir paytlar mendan: «Çempionlar ligasi öyinlari xorijda, masalan Nyu-Yorkda ötkazilişi mumkinmi?» deb söraşganida, nega endi mumkin bölmasin ekan, deya javob bergandim. Köpçilik buni xuddi UYeFAning aniq rejasidek qabul qilgan edi.

Hozir şuni aytişim mumkinki, 2024 yilgaça heç narsa özgarmaydi – YeÇL öyinlari faqat Yevropa hududida bölib ötadi. 2024 yildan söng nima bölişini keyin muhokama qilamiz», - degan edi UYeFA rahbari.

«Ispaniya çempionatiga kelsak, La Liga öyinlarini AQŞda ötkaziş uçun Ispaniya futbol federatsiyasi, UYeFA, AQŞ futbol federatsiyasi va KONKAKAF bilan kelişuvga erişişi kerak.

Umuman olganda, men bu ğoyaga qarşi emasman. Biroq buni tasdiqlaş jarayoni ançagina vaqt talab qiladi. Menimça, La Liga hammasini kelişib olgandan keyingina öz rejalarini e'lon qilgani ma'qulroq edi», - degan Çeferin avgust oyi oxirida bergan intervyusida.