2018 yil 11 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Fuqarolarning soğliğini saqlaş masalalari qömitasi tomonidan “Xalq tabobatining huquqiy asoslari: amaliyot va xalqaro tajriba” mavzusida davra suhbati ötkazildi. Unda deputatlar, soğliqni saqlaş tizimining yetakçi mutaxassislari, tajribali huquqşunoslar, iqtisodçilar, Özbekiston xalq tabobati akademiyasi olimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdi.

Foto: parliament.gov.uz

Tadbirda mamlakat tibbiyot tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar, tatbiq etilayotgan maqsadli dasturlar bilan bir qatorda, ajdodlarimizdan bizga meros bölib kelayotgan xalq tabobatini rivojlantiriş, uni huquqiy tomonidan mustahkamlaş maqsadida qonunçilik tizimini şakllantiriş masalalari muhokama markazida böldi.

Davra suhbatida sözga çiqqanlar xalq tabobati an'analari asosida dori vositalarini yaratiş va undan amaliyotda foydalaniş, Özbekistonda dorivor ösimlik dunyosini asrab-avaylaş, yöqolib borayotgan ayrim ösimliklarni saqlab qoliş va köpaytiriş, yurtimizda tabiblik bilan şuğullanayotgan fuqarolar faoliyatini qonun doirasida tartibga soliş hamda ularning mehnat faoliyatini huquqiy himoyalaş, tabobat ilmini rivojlantiriş uçun keng şart-şaroitlar yaratiş, mazkur yönalişdagi öquv adabiyotlari sonini köpaytiriş işlari bugungi kunning dolzarb masalasi ekanini alohida ta'kidladilar.

Özbekiston Respublikasining qonunçiligida xalq tabobatiga huquqiy baho berilmagan, ya'ni, uning huquqiy maqomi aniqlanmagan. Biroq amaliyotda mamlakatda xalq tabobatidan turli xil kasalliklarning oldini oliş, taşxis qöyiş va davolaşda keng foydalanilmoqda.

Davra suhbatida xalq tabobati borasida huquqiy munosabatlarni tartibga soliş, bu yuzasidan qonunçilik tizimini takomillaştiriş, masalalari atrofliça muhokama qilindi. Şuningdek, mazkur yönalişda milliy amaliyot bilan bir qatorda xalqaro tajriba ham tahlil qilindi.

Sohaning qonunçilik tizimini yaratiş xususida deputatlar, ekspert va keng jamoatçilikning fikr-mulohazalari tinglandi.

Iştirokçilarning takliflari umumlaştirilib, qömitaning tegişli qarori qabul qilindi.