AQŞ Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Rossiya Makedoniyaning Yevropa ittifoqi va NATOga a'zo bölişiga bağişlangan referendumga ta'sir ötkazişi mumkinligidan taşviş bildirdi. Bu haqda The Washington Examiner yozmoqda.

Ta'kidlanişiça, Mettis özining Makedoniyaga taşrifi arafasida bunday bayonot bilan çiqdi. Uning qöşimça qilişiça, AQŞ şu tarzda uşbu mamlakatning «xalqi bilan birga» ekanligini namoyiş etişni xohlaydi. Mettis demokratik mamlakatlar işiga aralaşmaslik zarurligini ta'kidladi.

«Menimça, Rossiyaning Estoniyadan tortib Qöşma Ştatlargaça, Ukraina, hozir esa Makedoniyaga nisbatan qöllamoqçi bölgan siyosati va yetkazmoqçi bölgan zarari har doim çegaradan çiqib ketadi», - deya ma'lum qildi Mettis.

Eslatib ötamiz, avvalroq ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olişi mumkinligi ma'lum bölgandi.